Chery yangi Pro Family seriyasi bilan Oʻzbekistonga kirib kelmoqda

TASHKENT, UZBEKISTAN, November 23, 2021 /EINPresswire.com/ -- Chery Group yaqinda oʻzining eksport maʼlumotlarini eʼlon qildi. Unga koʻra oktabr oyida 25 049 dona avtomobil eksport qilingan boʻlib, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 92,7% ga koʻp koʻrsatgich. Joriy yilda oylik eksport miqdori olti barobar, ya’ni 20 000 dan ortiqligi qayd etildi. Bundan tashqari, Chery dastlabki 10 oy ichida rekord darajadagi eksport miqdoriga erishdi, bu koʻrsatgich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 145,7% ga koʻp boʻlib, 212 959 donani tashkil etdi. Buning natijasida Chery Xitoyning yengil avtomobil eksportchilari orasida yetakchilikni qoʻlga kiritdi. Rasmiy manba tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, Chery O‘zbekistonga yangi Pro Family seriyasi bilan kirib kelmoqda.

Chery kompaniyasining Pro Family seriyasi savdosi Rossiya, Braziliya va Chili kabi mamlakatlarda yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ular bozorda kuchli sifat koʻrsatkichlari va yuqori quvvat koʻrsatkichlariga ega degan ishonchga erishdilar. Rossiyada Tiggo 7 Pro oktabr oyida eng mashhur Xitoy yoʻltanlamasiga aylangan boʻlsa, Chilida Chery oktabr oyida yoʻltanlamaslar segmentida 15,3% ulushga ega chiqdi hamda ketma-ket 10 oy davomida birinchi oʻrinni egalladi, Tiggo 2 esa eng koʻp sotilgan avtomobil maqomiga erishdi; Braziliyada Chery Tiggo 8 va Tiggo 2 Pro kabi modellarining savdosida keskin oʻsishga erishdi.

Chery kompaniyasining Pro Family seriyasida Cheryning eng zamonaviy texnologiyalari va oʻziga xos PRO funksiyalari mujassam etilgan. PRO seriyasining zamonaviy dizayni va yorqin, yulduzli old panellari koʻrinishi uning ajralib turishi va taʼsirchanligini taʼminlaydi; interyeri yuqori texnologiyali salondan tashkil topgan; u UHD konsoli, masofadan ishga tushirish va 360 darajali panorama koʻrish qurilmasi kabi PRO seriyasining aqlli konfiguratsiyalari bilan juda ajoyib koʻrinishga ega boʻlib, isteʼmolchilarga kutilganidan ham ortiq aqlli boshqarish tajribasini taklif etadi; bundan tashqari, u PRO seriyasining cheksiz kuchiga ega: Chery Xitoyning “Eng yaxshi oʻnta motor” roʻyxatiga kiritilgan 6 ta dvigatelga ega boʻlib, ularning barchasi kuchli va yoqilgʻi sarfi boʻyicha yanada tejamkor hisoblanadi.

Bugungi kunda Chery dunyo boʻylab 9,8 million isteʼmolchiga ega, shu jumladan 1,9 million nafari chet ellik isteʼmolchilar hisoblanadi. Ketma-ket 18 yil davomida Xitoyning eng yirik yengil avtomobil eksportchisi sifatida Chery o‘zining yangi Pro Family seriyasi bilan Oʻzbekistonga bozoriga kirish orqali mahalliy isteʼmolchilarga yangi Pro avtoulovlarini boshqarish imkonini taqdim etmoqchi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
FB: Chery Uzbekistan https://www.facebook.com/Chery-Uzbekistan-100948345301949/
INS:cheryuzbekistan (账号)
https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/


Media Relations
Chery Group
email us here